Putin Ukrainadagi urushda g‘arbni ayblayotganda, Rossiya Xersonni yana o‘qqa tutdi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 363-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Putin Federal majlisga murojaat qildi. RF prezidenti o‘z nutqida Ukrainadagi urushni G‘arb boshlagani haqida gapirdi, shuningdek Rossiya AQSh bilan imzolangan strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qildi.
- AQSh prezidenti Jo Bayden esa Varshavada chiqish qildi, u bu yerga Kiyevdan poyezd orqali qaytgan. U Ukrainaga muntazam qo‘llab-quvvatlov va’da qildi, rossiyaliklarni esa G‘arb Rossiyaga hujum qilmoqchi emasligiga ishontirdi.
- Rossiya qo‘shini Xersonni o‘qqa tutdi. Natijada besh kishi halok bo‘lgan, yana 21 kishi jabrlangan. Zarbalar turar joylar, jamoat transporti bekati va muhim infratuzilma obektlariga kelib tushgan.
- Jurnalistlar Kremlning maxfiy hujjatini qo‘lga kiritdi, unga ko‘ra, Rossiya 2030 yilgacha Belarusni bosib olishni rejalashtirgan.
- Belgorod oblastida urush boshidan buyon ilk bor diversiya bo‘yicha hukm o‘qildi. Mahalliy aholi vakillaridan ikki kishi uch yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi, ular jazoni qat’iy rejimli koloniyada o‘tashi belgilangan.
Kunning asosiy voqeasi. Xerson yana o‘qqa tutildi
21 fevral kuni — Rossiyada Vladimir Putin Federal majlisga murojaat qilayotganida — Rossiya qo‘shini Xerson markazini o‘qqa tutdi. Mahalliy «Most» nashri guvohlarga tayanib xabar berishicha, snaryadlardan biri jamoat transporti bekatiga kelib tushgan, bu vaqtda bu yerda odamlar bo‘lishgan. Shahar ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lib, 21 kishi yaralangan. Quyida raketa zarbalaridan keyin Xersonda yuzaga kelgan vaziyat aks etgan suratlar.
Putinning murojaati Qrim va LXRda jonli namoyish etilishi
21 fevral kuni Vladimir Putin Federal majlis qarshisida chiqish qildi. U G‘arbni Ukrainadagi urushni boshlashda aybladi va Rossiya go‘yoki bu urushni to‘xtatishga harakat qilganini aytdi. U shuningdek «maxsus harbiy amaliyot» faxriylariga turli imtiyozlar va’da qildi, RF Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qildi.
Putinning nutqi Rossiyaning turli shaharlarida, shuningdek annexia qilingan Qrimda va Ukrainaning bosib olingan boshqa hududlaridagi ko‘cha bilbordlarida translatsiya qilindi.
Frontning turli chekkalaridagi ukrain jangchilari
Ukraina shaharlari o‘qqa tutilishi
Oblastlar ma’muriyatlariga ko‘ra, 21 fevral kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning sakkiz oblastini o‘qqa tutdi. Ular orasida — Zaporijjya, Dnipropetrovsk va Luhansk oblastlari bor. Jabrlanganlar va vayrongarchiliklar to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar kelib tushmagan.
Italiya bosh vaziri Buchada
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024