O‘zbekiston | 13:41 / 24.02.2023
9069
1 daqiqa o‘qiladi

Masjid tahoratxonasidagi o‘g‘rilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahridagi Minor jome masjidi tahoratxonasida o‘g‘irlab ketilgan hamyonda jabrlanuvchining 170 ming so‘m puli hamda shaxsiy hujjatlari bo‘lgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

21 fevral kuni Toshkent shahridagi Minor jome masjidi tahoratxonasida o‘g‘rilik sodir etilgani xabar qilingandi. Toshkent shahar IIBB sodir etilgan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 21 fevral kuni soat taxminan 12:50 larda 1979 yilda tug‘ilgan Sh.M. Yunusobod tumanidagi Minor masjidida kiyim ilgichida turgan, 1998 yilda tug‘ilgan I.D.ga tegishli bo‘lgan kurtka cho‘ntagidan hamyonni olib, voqea joyidan yashiringan. Hamyonda I.D.ning shaxsiy hujjatlari hamda 170 ming so‘m puli bo‘lgan.

Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid