Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada tashqi tahdid tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Mamlakat va mintaqadagi xavfsizlik holati ancha beqarorligicha qolmoqda.
Moldova huquq-tartibot idoralari mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish xavfi borligi sababli xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Anna Revenko TVR Moldova telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Mamlakat va mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat ancha beqarorligicha qolmoqda. <…> Huquq-tartibot idoralari tomonidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi», dedi Revenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kishinyovdagi xalqaro aeroportda nazorat kuchaytirilgan, jamoat joylarida politsiyachilar soni oshirilgan, moliyaviy oqimlar nazorat qilinmoqda.
Vazir Moldova huquq-tartibot idoralari xavfsizlik masalalari bo‘yicha xorijiy hamkorlari bilan muntazam maslahatlashib turishini ta’kidladi.
Avvalroq, prezident Mayya Sandu mamlakatda vaziyatni izdan chiqarish, davlat binolarini egallash va odamlarni garovga olish xavfi borligini tan olgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika Axborot va xavfsizlik xizmati Rossiya, Belarus, Serbiya va Chernogoriya fuqarolarini konstitutsiyaga zid harakatlarni amalga oshirish rejalari haqida ma’lumotlarga ega.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026