Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeyms Robinson O‘zbekistonga kelmoqda
Jahonga mashhur iqtisodchi, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi, Chikago universiteti professori Jyeyms Robinson ilk marta O‘zbekistonga kelmoqda.
Foto: kmu.gov.ua
17 mart kuni Toshkentda britaniyalik professorning talabalar, olimlar, ijtimoiy fikr yetakchilari, moliya-iqtisodiyot sohasi va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi tashkil etiladi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik iqtisodchilar – Viskonsin universiteti doktoranti, “Iqtisodchi kundaligi” blogi muallifi Behzod Hoshimov va Harvard universiteti doktoranti, “Uzbekonomics” blogi muallifi Botir Qobilov ham ishtirok etadi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tadbir ishtirokchilari o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan ta’minlanadi.
Uchrashuv 17 mart kuni soat 17:00da “Intercontinental Hotel Tashkent ” mehmonxonasida (Trilliant) bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda qatnashish uchun chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi 2021 yilda ilk marta o‘zbek tilida nashrdan chiqqan. Kitobni muallifning ruxsati bilan Sirotulloxon Muhammadsoliyev o‘zbek tiliga o‘girgan, Behzod Hoshimov mas’ul muharrir bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:58 / 21.04.2026
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
17:06 / 18.04.2026
Eron urushi ta’siri va naqdsiz to‘lov mantiqsizliklari - Behzod Hoshimov bilan suhbat
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026