Foydali kitoblar köp, ammo vaqt çeklangan. Bilim olişdan esa töxtaş kerak emas. Kun.uz öz öquvçilari uçun yangi rukn doirasida foydali adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblarning eng asosiy mazmunini konspekt holida berib borişni boşlaydi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Amerikalik iqtisodçilar Daron Ajyemöğli va Jyeyms Robinson muallifligidagi «Jamiyatlar nega omadsizlikka uçraydi?» (Why Nations Fail) kitobi nega ba’zi davlatlar farovonlik va barqarorlikni saqlab qolişi, ayrim mamlakatlar esa harçand islohotlarga urinsa-da taraqqiy topmasligining ilmiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qiladi.
Kitobda qator olimlarning bu boradagi nazariyalari körib çiqilgan. Quyida asarning asosiy ğoyalari – insaytlari bilan tanişiş mumkin.
Insayt №1. Mamlakat taraqqiyoti geografik omillarga boğliq emas
Mamlakatning rivojlanişi yoki qoloqlaşuvi u joylaşgan geografik hududga boğliq emas. Bu nazariyaning notöğriligini Nogales ştati misolida köriş mumkin. Şahar devor orqali ikkiga bölingan – bir qismi AQŞning Arizona ştatida, ikkinçi qismi Meksikaning Sonora ştatida joylaşgan. Meksika Nogalesida aholining daromadi AQŞ Nogalesiga qaraganda uç baravar kam, odamlarning aksariyati maktab ta’limini tamomlamagan, bolalar ölimi va jinoyatçilik darajasi yuqori, umr davomiyligi qisqa, infratuzilma xarob ahvolda, amaldorlarning salohiyati past, korrupsiyaga moyilligi yuqori. Şaharning AQŞdagi qismida bu holatning ayni teskarisini köriş mumkin. Nogales hudud taraqqiyoti geografik şaroitga boğliqligi haqidagi qaraşni yöqqa çiqaradi.
Bitta şaharning ikki qismidagi bunday sezilarli farqni nima bilan izohlaş mumkin? 16-asrda Amerika qit’asini mustamlaka qiliş boşlandi. Ispanlar Janubiy Amerika aholisini ayovsiz talaşdi, bir talay oltin-kumuşga ega bölgandan söng mahalliy aholini ekspluatatsiya qilişga yönaltirilgan institutlarni ta’sis etişdi. Hindularning yeri olib qöyilgan, mehnatga majburlangan, soliqlar oşirilgan, narxlar kötarilgan, ular yaratgan mahsulotlar tortib olingan. Bu ispan mustamlakaçilarini boyitgan bölsa-da, Lotin Amerikasini tengsizlik yuqori, iqtisodiy salohiyati yemirilgan hududga aylantirdi.
Inglizlar mustamlaka qilgan Şimoliy Amerikada esa vaziyat sal boşqaça keçdi. 18-asr avvalidayoq Angliyaning Amerikadagi koloniyalarida yer mulkdorlari rahbarligida assambleyalar taşkil topdi. Bu assambleyalarda ayollar, qullar, yersiz bölgan erkaklar iştirok eta olmas, mustamlakaçilar mahalliy aholiga qaraganda köproq huquqqa ega bölsa-da, aynan şu assambleyalar negizida dunyoning eng qudratli davlatlaridan biri – AQŞ paydo böldi.
Insayt №2. Madaniy qadriyatlar taraqqiyot darajasini belgilamaydi
Madaniy determinizm nazariyasiga köra, xalq farovonligi madaniy omillar – din, etik tamoyillar va qadriyatlar bilan belgilanadi. Mazkur qaraş asosçilaridan biri, nemis sotsiologi Maks Veberga köra, Ğarbiy Yevropada kuzatilgan sanoat taraqqiyoti reformatsiya va protestantlik harakati bilan boğliq. «Lotin Amerikasi farovonlikka yuz tutmaydi, çunki ular ertaga qiliş mumkin bölgan işni bugun qiliş kerak emas, degan prinsipga asoslanişadi», deydi Veber.
Mavzuga oid
Madaniy qadriyatlar taraqqiyotga katta ta’sir etmasligini Janubiy va Şimoliy Koreya misolida körib çiqiş mumkin. 20-asr örtasiga qadar bu ikki mamlakat yaxlit edi, aholisi ham yagona etnik ildizga ega, ammo ularning ayni davrdagi turmuş tarzida farqlar juda katta. Janubiy Koreya boy va rivojlangan, Şimoliy Koreya aholisi esa tang ahvolda.
Yana bir misol. Veber protestantizm harakati davlatlarning rivojiga sabab bölgan deydi. Protestantizm keng tarqalgan Angliya va Niderlandiya tez rivojlangani rost, ammo katolik ustuvor bölgan boşqa davlatlar ham bu masalada ularga tezda yetib oldi.
Insayt №3. Qoloqlik faqatgina rahbarlar jaholati bilan boğliq emas
Ayrim mamlakatlarning boyligi va ayrimlarining qoloqligi jaholat bilan ham boğlab talqin qilinadi. Mazkur qaraş egalariga köra, hukmron qatlam mamlakatni boy qiliş uçun yetarli bilim va salohiyatga ega bölmaydi.
Ammo kitob mualliflari bu qaraşni ham şubha ostiga olişadi. Iqtisodiy ösişga tösqinlik qiluvçi asosiy sabab hukmron qatlamning johilligi emas, balki iqtisodiy institutlarda mavjud muammolardir, deydi ular. Mamlakat barqaror iqtisodiy ösiş sur’atlariga erişsa, bu rahbarlarning bir yumalab aqlli bölib qolgani yoki öz çöntagini emas, alturistga aylanib, xalqini öylay boşlagani uçun emas, balki iqtisodiy institutlar transformatsiyasi tufayli sodir böladi.
Insayt № 4. Mamlakat farovonligini inklyuziv va ekstraktiv institutlar belgilab beradi
Iqtisodiy taraqqiyotni belgilab beruvçi eng asosiy jihat bu – mamlakatdagi mavjud institutlar (ular iqtisodiyot qoidalarini belgilab berişadi) va fuqarolarda mavjud iqtisodiy faollikka rağbatdir.
Kitob mualliflari iqtisodiy institutlarni ikki tipga ajratişadi: ekstraktiv (inglizça – qisiş) va inklyuziv (inglizça – qamrab oluvçi).
Janubiy Koreya rahbariyati aholining katta qatlamini qamrab oluvçi va ularni iqtisodiy jihatdan faollaştiruvçi inklyuziv institutlar ta’sis etişga harakat qilgani uçun ham bugungi darajasiga erişdi.
Inklyuziv institutlar – xususiy mulk daxlsizligi, odil sudlov tizimining mustaqilligi, fuqarolarning iqtisodiy faolligi uçun tösiqlarning yöqligi, kasb tanlaşdagi mustaqillik, bozorning yangi kompaniyalar va raqobat uçun oçiqligi bilan izohlanadi.
Ekstraktiv institutlar esa iqtisodiy faollikni rağbatlantirişga emas, aksinça elit qatlam hisoblangan ozçilikning daromadini oşiriş va bu yölda köpçilikni ekspluatatsiya qilişni nazarda tutadi.
Insayt № 5. Inklyuziv institutlarning foydasi ravşan bölsa-da, hokimiyat ularni qöllab-quvvatlaşdan manfaatdor emas
Avstriyalik iqtisodçi Yozef Şumpeter iqtisodiy ösiş va innovatsiyalar «bunyodkor vayronkorlik»ni keltirib çiqaradi, deydi. Bu nima degani?
Iqtisodiy ösiş va innovatsiyalar negizida eski texnologiyalarning örniga yangilari keladi, sohalar ijobiy transformatsiyaga uçraydi, yangi kompaniyalar monopoliyalarni bozordan siqib çiqaradi, hokimiyat almaşinuvi yuz beradi. Bu iqtisodiy taraqqiyotning garovi böliş bilan birga, öz amali va holatini yöqotişni istamaganlar uçun xavfdir. Ya’ni ular bunyod qiladi, ammo eski qoliplarni, çirik muammolarni vayron qiladi.
Taraqqiyotning ayni mana şu «vayronkor»ligidan xavfsiraganlar jamiyatda inklyuziv institutlar paydo bölişiga xalal berişadi.
Insayt № 6. Inklyuzivlik yoki ekstraktivlik tanlovi inqirozlarda hal böladi
Siniş nuqtasi – inqiroz köp jihatdan mamlakatning keyingi taqdirini belgilab beradi.
16-asrda Yevropada kuzatilgan vabo pandemiyasi qit’a mamlakatlari uçun siniş nuqtasi böldi. Bu inqiroz barça davlatlarga birdek zarar yetkazdi va ularni birdek start nuqtasiga olib borib qöydi – hamma yerda işsizlik, feodalizmdan qoçiş kayfiyati. Ayni şu nuqtada Ğarbiy Yevropa dehqonlari birlaşişdi va feodallardan ozod bölişga erişişdi. Ular bozor iqtisodiyotiga ötişdi. Şarqiy Yevropa dehqonlari esa buning uddasidan çiqa olmadi, ular öz xöjalarining aytganlarini bajarişda, Ğarbiy Yevropa uçun mahsulot yetiştirişga majbur bölişdi. Natijada 17-asrda Şarqiy va Ğarbiy Yevropa davlatlari örtasidagi taraqqiyot darajasini soliştiriş imkonsiz edi.
Barqaror taraqqiyotga erişgan davlatlardan biri – Angliya. 17-asrdagi Angliya inqilobi, fuqarolik uruşi siyosiy-iqtisodiy institutlarni inklyuzivlik tomon özgarişga majbur qildi, qirol hokimiyatini çekladi. Barça fuqarolar teng huquqqa ega bölişdi, monopoliyaga çek qöyildi, mulk daxlsizligi ta’minlandi. Soliqlar tartibga keldi, natijada jamiyatda innovatsiyalar rağbatlantirildi.
Aynan siniş nuqtasi mamlakatlarga yangiliklar uçun tramplin yoki bir yomonlikning boşqasiga almaşişi böladi.
Insayt № 7. Ekstraktiv institutlar ham taraqqiyotga sabab bölişi mumkin, lekin uning natijasi barqaror emas
Ekstraktiv institutlar orqali ösişga erişişning ikki mexanizmi mavjud.
1. Elit qatlam barça resurslarni iqtisodiyotning yuqori samarador sohalariga yönaltiradi. Bunda aholining katta qatlami uçun yaxşi turmuş şaroiti yaraladi, ammo boylikning asosiy qismi elita qölida töplanib qolaveradi. Ekstraktiv institutlar şaroitida rivojlanişga misol sifatida sobiq sovet ittifoqini körsatiş mumkin.
1928-1970 yillarda ittifoq iqtisodiy taraqqiyotga erişdi. Davlat mehnat resurslarining katta qismini samarasi past bölgan qişloq xöjaligidan olib, sanoatga yönaltirdi. Ammo bunda siyosiy kuçlarning markazlaşuvi talab etildi.
2. Ekstraktiv institutlar şaroitida iqtisodiy ösiş mumkin böladi, agarda hukmron doira öziga juda işongan bölsa, kursisidan xavotirda bölmasa, inklyuziv institutlarning şakllanişiga qöyib beradi.
Ammo ekstraktiv institutlar şaroitidagi taraqqiyotning inklyuziv instutilarnikidan katta farqi bor. Ekstraktiv ösiş innovatsiyalarni rağbatlantirmaydi, balki mavjud texnologiyalardangina foydalanadi. Bu esa stagnatsiyaga, turğunlaşuvga olib keladi.
1970 yillarda SSSR bilan ham xuddi şunday böldi – iqtisodiy ösiş deyarli töxtab qoldi. Aholida iqtisodiy faollikni saqlab qoliş uçun heç qanday rağbat yöq edi.
Insayt № 8. Inklyuziv institutlar samarali qayta aloqani, ekstraktiv institutlar esa oxiri yöq doirani taşkil etadi.
Inklyuziv institutlar öz qoidalarini kiritadi va elita hokimiyatini çeklaydi. Qonun kuçini muayyan şaxslar hokimiyatidan ustun qöyadi. Barça iştirokçilar birdek iştirok etadigan maydonni hosil qiladi. Natijada plyuralistik siyosiy qaraşlar paydo böladi, OAV mustaqil böladi.
Ekstraktiv institutlar esa bir xil maromda harakatlanuvçi doirani hosil qiladi. Bunday institutlar şaroitida hokimiyat uçun kuraş vayronkor tarzda, katta insoniy qurbonlar bilan keçadi.
Ekstraktiv institutlar şaroitida hokimiyat qölida bölganlar uçun heç qanday çeklovlar mavjud bölmaydi. Ularga faqat katta siyosiy ta’sirga ega koalitsiya hosil qiliş, inklyuziv institutlar taşkil qiliş orqali qarşi çiqiş mumkin.
«Jamiyatlar nega omadsizlikka uçraydi?» kitobi yagona ğoyani turli tarixiy misollar asosida tuşuntiradi. Bu ğoya quyidagiça:
Ba’zi mamlakatlarning yuqori farovonlikka erişişi, barqaror iqtisodiy rivojlanişga erişişi, boşqa davlatlarning esa turğunlik va qoloqlik holatida qolişi şu davlatlarda amal qilayotgan siyosiy-iqtisodiy institutlarga boğliq.
P.S. Özbekistonlik taniqli iqtisodçi, AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti Behzod Hoshimov uşbu kitobni özbek tiliga ögiriş huquqini beruvçi litsenziyani qölga kiritgan. Yoş olim özining «Hoshimov Iqtisodiyoti» dasturida kitob hammuallifi Jyeyms Robinson bilan suhbat uyuştirgan.
UPD. Özbek tiliga ögirilgan kitob 2021 yil sentabr oyida sotuvga çiqdi. Uni Asaxiy.uz saytidan onlayn xarid qiliş mumkin.