Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning Tuluza shahrida «O‘zbek bog‘i» ochildi
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 31 yilligi tadbirlari doirasida Tuluza shahridagi botanika bog‘i hududida «O‘zbek bog‘i» tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Dunyo
Tuluza botanika bog‘i shahar markazidagi 3 gektar maydonda barpo etilgan. Unda dunyoning turli mintaqalaridan olib kelingan noyob ko‘chatlar ekilgan.
«O‘zbek bog‘i» botanika bog‘ining 400 kv metr maydonida yaratildi. Bog‘ hududida O‘zbekistondan olib kelingan noyob ko‘chatlar, jumladan, Turkiston chinori, Turkiston do‘lanasi, olchasimon olxo‘ri, bodom, gilos va o‘rik ko‘chatlari ekildi.
Ma’lumot o‘rnida shuni ham qayd etish joizki, 2019 yili Fransiyaning Ruey Malmezon shahrida Buxoro viloyati hokimligi ko‘magida «O‘zbek bog‘i» yaratilgan edi.
Avvalroq O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida hududlararo diplomatiyani rivojlantirish doirasida Tuluzada joylashgan Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochilgandi.
Mavzuga oid
08:21
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
22:42 / 28.04.2026
50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026