Özbekiston va Fransiya örtasida hududlararo diplomatiyani rivojlantiriş doirasida Yevropaning aviakosmik poytaxti - Tuluza şahrida joylaşgan Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Uluğbek haykali oçildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Tuluza şahrida Mirzo Uluğbek haykalining tantanali oçiliş  marosimida Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi, Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasi, Tuluza şahri meriyasi, Fransiya kosmik tadqiqotlar instituti, Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti rahbariyati va uşbu mamlakatning ilmiy-akademik, madaniy va işbilarmon doiralari vakillari iştirok etişdi.

Tadbirda sözga çiqqan Özbekiston elçisi Sardor Rustambayev, Mirzo Uluğbek merosini tarğib etiş maqsadida bunyod etilgan uşbu yodgorlik Özbekiston va Fransiya örtasida diplomatiya munosabatlari örnatilganining 31 yilligi doirasida ötkazilayotgani ramziy ma’noga ega ekanligini ta’kidlar ekan, Mirzo Uluğbekning jahon tamadduni rivojlanişiga qöşgan hissasi, xususan, astronomiya sohasidagi ulkan kaşfiyotlari töğrisidagi fikrlarini örtoqlaşdi.  

Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti boş direktori Olive Şansu Mirzo Uluğbek haykali uçun Özbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Uning aytişiça, uşbu yodgorlik orqali köplab fransiyalik talabalar aviatsiya sohasida öta muhim hisoblanadigan matematika, fizika, astronomiya kabi fanlar rivojida Mirzo Uluğbekning muhim örni borligini bilib olişadi.

Ta’kidlaş kerakki, Mirzo Uluğbek haykalini Tuluza şahrida örnatiş borasidagi kelişuv Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasining 2020 yilda Tuluza şahri meriyasi rahbariyati bilan bölib ötgan uçraşuvi doirasida muhokama qilingan.

Mirzo Uluğbekning misdan barpo etilgan haykali muallifi -  samarqandlik haykaltaroş Umirzoq Şaripov. Uşbu yodgorlikning böyi 240 santimetrni taşkil etadi.