Mirziyoyev Qirg‘iziston hukumati raisi bilan uchrashdi
Prezident Qirg‘iziston bilan hamkorlikdagi loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, prezident administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarovni qabul qildi.
Uchrashuvda 2023 yil yanvar oyida Bishkek shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, savdo, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Avtomobilsozlikda, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalar konlarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini jadal sur’atda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuvda Qambarota-1 GES qurilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi. «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li loyihasini faol tayyorlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Joriy yilda parlamentlar, hukumatlar, ekspertlar, jamoatchilik va yoshlar darajasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish mo‘ljallangani ta’kidlandi.
Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024