O‘zbekiston | 12:18 / 28.03.2023
13846
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U qamoqqa olingan shaxsni ochiqqa chiqartirib berishni va’da qilib, uning yaqinlaridan 10 ming AQSh dollari olgani va o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aytilmoqda.

Samarqandda advokat firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Toyloq tuman prokuraturasi advokatlar hay’ati advokati I.Q. tumanning Navzandak mahallasida yashovchi I.D.dan uy-joy kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilib, 200 AQSh dollari va 500 ming so‘m pul olganligi aniqlangan.

Shuningdek, advokat fuqaro N.I.ni qamoqdan chiqarib berishni va’da qilib, uning yaqinlaridan 10 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Samarqand viloyat prokuraturasi holatni tasdiqladi va 2023 yil 14 mart kuni I.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Oldinroq Navoiy shahridagi advokatlar hay’ati advokati tergov qilinayotgan jinoyat ishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 7500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid