Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, advokat söralgan pul mablağidan 7500 AQŞ dollarini olgan vaqtida DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi va IJQK departamenti hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida “H.Q.” 7500 AQŞ dollaridan 1500 AQŞ dollarini öz uluşi sifatida olib, qolgan qismini hamkasbi - Navoiy şahridagi advokatlik firmasi advokati “F.N.”ga berişi kerakligi ma’lum bölgan va tezkor tadbir davom ettirilib, “F.N.” 6 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan “H.Q.” va “F.N.”ga nisbatan Jinoyat kodeksi tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.