Jahon | 08:11 / 30.03.2023
7288
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya mutaxassislar uchun immigratsiya qoidalarini soddalashtiryapti

Germaniya hukumati tomonidan ma’qullangan qonun loyihasi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarning malakali mutaxassislarini mamlakatga jalb qilish uchun ishlab chiqilgan.

Foto: Shutterstock

Germaniya federal hukumati mamlakatda ishchi kuchi tanqisligi fonida mavjud immigratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Chet eldan malakali mutaxassislarning Germaniyaga kirishini osonlashtiradigan qonun loyihasi 29 mart, chorshanba kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullandi. Endi u Bundestag (parlament) va Bundesrat (federativ yerlar vakilligi) orqali o‘tishi kerak.

Ichki ishlar vaziri Nensi Fazer va mehnat vaziri Hubertus Xeyl tomonidan tayyorlangan hujjat, boshqa narsalar qatori, ball tizimiga ega yangi «Imkoniyatlar kartasi» (Chancenkarte) joriy etishni nazarda tutadi. Ballarni hisoblashda hisobga olinadigan mezonlar orasiga malaka, nemis tilini bilish, kasbiy tajriba, Germaniya bilan aloqa (masalan, mamlakatda yashayotgan qarindoshlar) va yosh kiradi.

«Imkoniyat kartasi»ni olish uchun uchta mezonni bajarish kifoya qiladi, dedi Xeyl hukumatning 2022 yil kuziga mo‘ljallangan rejalari haqida gapirib. «Imkoniyat kartasi» malakali xorijliklarga Germaniyada ish qidirish uchun bir yil beradi. Ular bu vaqt ichida o‘zlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlarini ta’minlash uchun, shuningdek, ishlash imkoniyati taqdim etiladi.

Mavzuga oid