Germaniya federal hukumati mamlakatda işçi kuçi tanqisligi fonida mavjud immigratsiya siyosatini qayta körib çiqmoqda. Çet eldan malakali mutaxassislarning Germaniyaga kirişini osonlaştiradigan qonun loyihasi 29 mart, çorşanba kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullandi. Endi u Bundestag (parlament) va Bundesrat (federativ yerlar vakilligi) orqali ötişi kerak.

Içki işlar vaziri Nensi Fazer va mehnat vaziri Hubertus Xeyl tomonidan tayyorlangan hujjat, boşqa narsalar qatori, ball tizimiga ega yangi «Imkoniyatlar kartasi» (Chancenkarte) joriy etişni nazarda tutadi. Ballarni hisoblaşda hisobga olinadigan mezonlar orasiga malaka, nemis tilini biliş, kasbiy tajriba, Germaniya bilan aloqa (masalan, mamlakatda yaşayotgan qarindoşlar) va yoş kiradi.

«Imkoniyat kartasi»ni oliş uçun uçta mezonni bajariş kifoya qiladi, dedi Xeyl hukumatning 2022 yil kuziga möljallangan rejalari haqida gapirib. «Imkoniyat kartasi» malakali xorijliklarga Germaniyada iş qidiriş uçun bir yil beradi. Ular bu vaqt içida özlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaşlarini ta’minlaş uçun, şuningdek, işlaş imkoniyati taqdim etiladi.