Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Shuningdek, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga bosh shifokor va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialiga direktor tayinlandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sodiqjon Boboyevich Sodiqov Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
1979 yilda tug‘ilgan S. Sodiqov 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagach, mehnat faoliyatini 2006 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida kardiolog-shifokor sifatida boshlagan.
2009–2010 yillarda «Salomatlik-2» va «Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish» qo‘shma loyihasining viloyat byurosi direktori sifatida ishlagan. Shuningdek, 2010–2021 yillarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining umumiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib xizmat qilgan.
S. Sodiqov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
- Xorazm viloyati SSBga 2020 yil dekabridan buyon Inoyat Hajiyev rahbarlik qilib kelayotgandi.
Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Kupalbay Raimberdiyevich Tangriberdiyev viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimiga tayinlandi.

1976 yilda tug‘ilgan K.Tangriberdiyev 2000 yil 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlab, ushbu muassasada kafedra assistenti, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida shifokor vazifalarida ishlagan.
Keyinchalik viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi «Salomatlik-2» va «Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish» qo‘shma loyihasining viloyat byurosi direktori, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i (2020 yilga qadar) kabi qator mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
Ushbu mutaxassis tayinlovga qadar Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Shuningdek Husan Nurullayevich Bekchanov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialiga direktor etib tayinlandi.

H. Bekchanov 1979 yilda Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida xirurgiya yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan.
Tibbiyot fanlari nomzodi bo‘lgan mutaxassis faoliyati davomida akademik V.Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi jarrohi, Toshkent viloyati o‘sma kasalliklar dispanseri birinchi jarrohlik bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.
H.Bekjanov 2003 yildan beri Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch xirurgiya bo‘lim mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
-
Shvetsiyada farzandlari tishini yaxshi tozalamagani uchun ota-ona 8 oyga qamaldi
Jahon | 22:32 / 06.06.2025
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12 / 06.06.2025
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08 / 06.06.2025
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025