17 dekabr kuni Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruqlari bilan Andijon, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida soğliqni saqlaş boşqarmalariga yangi boşliqlar tayinlandi.
Andijon viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Avaz Hoşimoviç Abdurahmonov lavozimdan ozod etilib, uning örniga şu vaqtgaça Andijon viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi boş vraçi vazifasida işlab kelgan Salohiddin Ğulomjonoviç Yusupov tayinlandi.

Salohiddin Yusupov muqaddam Andijon viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş vraçi, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.
Surxondaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Boboxon Şukurov lavozimdan ozod etilib, uning örnini şu vaqtgaça Surxondaryo viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi boş vraçi lavozimida işlab kelgan Komil Murtazoyeviç Abdivohidov egalladi.

Komil Abdivohidov muqaddam Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali direktori, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği va boşqarma boşliğining birinçi örinbosari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.
Xorazm viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Kupalbay Tangriberdiyev lavozimdan ozod etilib, Inoyat Sa'dullayeviç Hajiyev boşqarmaning yangi boşliğiga aylandi.

Inoyat Hajiyev öz faoliyati davomida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi a'zosi, keyinçalik yangi taşkil qilingan Fuqarolarning soğliğini saqlaş masalalari qömitasining raisi kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Xorazm viloyati filiali rahbari vazifasida işlab kelayotgandi.




















