Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Chegara qo‘shinlarining vakolati kengaytiriladi
Joriy yil 5 aprel kuni Senat Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Senat navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan masalalar muhokama qilindi.
“O‘zbekiston Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Qonun bilan Vazirlar Mahkamasi va Davlat xavfsizlik xizmatiga mos ravishda chegara zonasida va o‘tkazish punktlarida chegara rejimini o‘rnatish, ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ularning vakolatlari doirasida rejimga rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan vazifalar yuklanmoqda, o‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mulk va hayvonlarga nisbatan chegara nazorati tartiblari qonuniy mustahkamlanmoqda.
Qonun 9 ta bob va 73 ta moddadan iborat bo‘lib, uning qabul qilinishi O‘zbekiston Davlat chegarasini ishonchli qo‘riqlash va himoya qilishga, vazirlik va idoralarning Davlat chegarasidagi vakolatlarini tizimli ravishda belgilashga, Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda qurol-yarog‘, harbiy texnika, maxsus vositalar, jismoniy kuch va xizmat hayvonlarini qo‘llash tartibi huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qiladi.
Qo‘mita majlisida “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tegishli moddasida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan bir qatorda Davlat xavfsizlik xizmatining ham huquqbuzarlikni sodir etish sabablari hamda shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Qonundagi o‘zgarishga muvofiq chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekistonda bo‘lish qoidalari yoki muddatlarini buzishi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish, shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish hamda transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ham berilmoqda.
Mavzuga oid
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
15:25 / 29.05.2026