Jahon | 16:57 / 06.04.2023
15355
2 daqiqa o‘qiladi

Makron Si Jinping bilan uchrashuvdan so‘ng Ukraina bo‘yicha muloqotga chaqirdi

Foto: Reuters

«Ukrainada barqaror tinchlikka erishish uchun muzokaralarni imkon qadar tezroq qayta boshlash kerak», dedi Makron Si Jinping bilan uchrashuvdan keyin. Xitoy raisi Ukrainadagi «tinch aholiga qilingan hujumlarni» qoraladi.

Ukrainada «mustahkam tinchlikka erishish uchun muzokaralarni imkon qadar tezroq qayta boshlash» zarur. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6 aprel, payshanba kuni Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi. «Rossiyani o‘ziga keltirish va mojaro barcha ishtirokchilarini muzokaralar stoliga o‘tkazishingizga ishonishim mumkinligini bilaman», — deya Makronning Si Jinpingga murojaatidan iqtibos keltirgan OAV.

O‘z navbatida, Xitoy rahbari jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida yadro qurolidan «foydalanish mumkin emas»ligini ta’kidladi. Shuningdek, u Ukrainadagi «tinch aholiga qarshi hujumlarni» qoraladi, deb xabar berdi AFP axborot agentligi.

Si Jinping o‘z bayonotida Xitoyning Ukraina bo‘yicha «tinchlik rejasi»ni ko‘p takrorladi, deya xabar beradi dpa. Xitoy rahbari «barcha tomonlarning qonuniy xavfsizlik manfaatlari» hisobga olinishi kerakligini ta’kidladi. U, shuningdek, «muvozanatli Yevropa xavfsizlik tizimi»ga chaqirdi.

Yelisey saroyi vakilining so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilarning 6 aprel kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tgan uchrashuvi «ochiq va konstruktiv» bo‘lgan. U bir yarim soat davom etdi, deya qo‘shimcha qildi vakil.

Makron Xitoyga uch kunlik davlat tashrifi bilan keldi, bunga parallel ravishda Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ham Pekinga tashrifi buyurdi.

Mavzuga oid