Jahon | 09:02 / 08.04.2023
11093
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Polshaga g‘alla eksportini kamaytiradi

Polsha bozorida arzon Ukraina g‘allasining ko‘pligi polshalik fermerlar noroziligiga sabab bo‘ldi. Norozilik namoyishlari fonida Polsha qishloq xo‘jaligi vaziri Xenrik Kovalchik iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

Foto: gruz-servis.com

Polsha bozorida arzon Ukraina g‘allasining haddan tashqari ko‘pligi atrofidagi mojaroda yechim topildi. «Ukraina birmuncha vaqtga Polshaga g‘alla eksportini keskin cheklashni taklif qildi va hozirda uni butunlay to‘xtatishni taklif etdi», dedi Polshaning yangi qishloq xo‘jaligi vaziri Robert Telus Ukraina qishloq xo‘jaligi vaziri Nikolay Solskiy bilan 7 aprel, juma kuni Dorohusk chegaradosh shaharchada uchrashganidan keyin. 

Telusning so‘zlariga ko‘ra, Solskiy uni Ukraina yangi hosil boshlanishidan oldin Polshaga bug‘doy, makkajo‘xori va kungaboqar urug‘larini eksport qilishni to‘xtatishiga ishontirgan.

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 aprel kuni Varshavadagi muzokaralardan so‘ng ham tomonlar muammoni hal qilish ustida ishlayotganini ochiq aytishdi. Rossiya harbiy harakatlari tufayli cheklangan Ukrainadan g‘alla eksporti nafaqat Qora dengiz va Dunay bo‘ylab, balki Polsha orqali quruqlik orqali ham amalga oshiriladi. Biroq, Polshadan g‘allani tashish to‘xtab qoldi, Polsha portlari haddan tashqari yuklangan.

Polsha dehqonlari bir necha kundan beri qo‘shni Ukrainadan kelayotgan arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qarshi norozilik bildirib, yo‘qotishlardan shikoyat qilmoqda. Natijada Polsha Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshlig‘i lavozimida ishlagan Xenrik Kovalchik iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

Varshava Ukraina g‘allasi bilan bog‘liq muammoni hal qilishda Yevropa Ittifoqidan ham yordam umid qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid