O‘zbekiston | 08:21 / 11.04.2023
17091
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga ikki soha bo‘yicha ishga jalb qilinadi

O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga hamshiralik va qariyalarni parvarishlash sohasida ishga olinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniya ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik va  yurtdoshlarni O‘zbekistonda nemis tiliga o‘qitib, ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. 

O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga hamshiralik va qariyalarni parvarishlash sohasida ishga jalb qilish yuzasidan shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid