O‘zbekiston | 18:30 / 12.04.2023
24960
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi

Shimoliy kavkazliklar va markaziy osiyoliklar o‘rtasida soxta registratsiya tufayli janjal kelib chiqqan.

Foto: Videodan kadr

Rossiya poytaxtida Shimoliy kavkazliklar soxta ro‘yxat tufayli Markaziy Osiyodan kelganlar bilan ommaviy mushtlashuv uyushtirdi. Bir kishi pichoqlandi, deb xabar berdi Baza.

Mojaro Zelenodolskaya ko‘chasida yuz bergan. O‘zbekistonlik uch nafar muhojir, tojikistonlik va turkmanistonlik tanishlari bilan soxta registratsiyani amalga oshirgan kavkazliklardan pullarini qaytarib olish uchun borgan. Tomonlar o‘rtasida og‘zaki janjal ommaviy mushtlashuvga aylangan.

O‘zbekiston fuqarosining qorniga pichoq urilgan, u kasalxonaga yotqizilgan. Uning ismi-sharifi va ahvoli haqidagi ma’lumotlar xabarda keltirilmagan.

Mushtlashuv oqibatida 15 kishi — O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston fuqarolari, shuningdek, Checheniston, Dog‘iston va Kabardin-Bolqor fuqarolari politsiyaga olib ketilgan.

O‘zbekistonning ikki fuqarosiga nisbatan mayda bezorilik va Rossiya hududiga kirish qoidalarini buzganlik uchun bayonnoma tuzilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid