O‘zbekiston | 12:39 / 14.04.2023
3811
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus maslahatlashuvlar dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Belarus TIV rahbarlari Samarqandda muzokara o‘tkazdi va 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturini imzoladi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.

«Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashuvimiz chog‘ida vazirliklarimiz o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturini imzoladik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasida. – Hujjat keng ko‘lamli hamkorlik masalalarini qamrab olgani bilan e’tiborga molik. Bugun Minskda O‘zbek madaniyati kunlari ham boshlandi».

Belarus TIV rahbari 14 aprel kuni MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid