Jahon | 16:29 / 19.04.2023
3452
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadan import: YeI fermerlarga yordam uchun 100 mln yevro ajratadi

Foto: Picture Alliance

Yevropa Ittifoqi ukrain g‘allasi importi hajmi oshishidan jabr ko‘rgan Ukraina bilan chegaradosh mamlakatlar fermerlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters. 

Gap, xususan, Ukrainadan keltirilgan bug‘doy, makkajo‘xori, kungaboqar urug‘lari haqida ketmoqda. 

Avvalroq Bolgariya tranzitdan tashqari Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishni vaqtincha taqiqlagandi. Bu haqda hukumat yig‘ilishida bosh vazir v.b. Gilib Donev ma’lum qildi.

U bu qadam sababini «o‘tgan yil davomida mamlakatda sezilarli miqdorda oziq-ovqat qolib ketgani va oziq-ovqat ta’minoti zanjirini buzgani» bilan izohladi. 

«Agar tendensiya davom etsa yoki kuchaysa, Bolgariya biznesi uchun oqibatlari nihoyatda og‘ir bo‘lishi mumkin. Biz bu milliy chorani ko‘rishga majburmiz, chunki Yevropa rasmiylari hali ham adekvat choralar ustida o‘ylashda davom etmoqda», - dedi Donev.

Uning ta’kidlashicha, Sofiya hamon Ukraina bilan birdamlikda, lekin «Bolgariya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining bankrotligi bunga hissa qo‘shmaydi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid