Bolgariya tranzitdan taşqari Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini import qilişni vaqtinça taqiqladi. Bu haqda hukumat yiğilişida boş vazir v.b. Gilib Donev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Radio Bolgariya».
U bu qadam sababini «ötgan yil davomida mamlakatda sezilarli miqdorda oziq-ovqat qolib ketgani va oziq-ovqat ta’minoti zanjirini buzgani» bilan izohladi.
«Agar tendensiya davom etsa yoki kuçaysa, Bolgariya biznesi uçun oqibatlari nihoyatda oğir bölişi mumkin. Biz bu milliy çorani körişga majburmiz, çunki Yevropa rasmiylari hali ham adekvat çoralar ustida öylaşda davom etmoqda», - dedi Donev.
Uning ta’kidlaşiça, Sofiya hamon Ukraina bilan birdamlikda, lekin «Bolgariya qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining bankrotligi bunga hissa qöşmaydi».
Bundan oldin Ruminiyadagi hukmron Sotsial-demokratik partiya (PSD) koalitsion hukumatdan Ukraina ğallasi importini vaqtinça taqiqlovçi farmonni tasdiqlaşni söraşini bildirgandi.
Avvalroq bunday qaror Polşa, Vengriya va Slovakiya rasmiylari tomonidan qabul qilingan edi.
«Şu bilan birga, Ruminiya qişloq xöjaligi mahsulotlarining Yevropa Ittifoqi boşqa mamlakatlariga yoki Qora dengiz savdo yöllariga tranzitini osonlaştiriş orqali Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerak», deyiladi Ruminiya qişloq xöjaligi vaziri Petre Daya a’zosi bölgan partiya bayonotida.

















