Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda rekord darajada ko‘p jurnalist hibsga olindi
Jurnalistlarning aksariyati Eron (62), Xitoy (43), Myanma (42) va Turkiyada (40) hibsga olingan.
2022 yilda dunyoda 363 nafar jurnalist hibsga olingan va bu rekord ko‘rsatkich, deyiladi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) hisobotida. «Chegara bilmas muxbirlar» xabariga ko‘ra, hozirda 546 jurnalist qamoqda saqlanmoqda.
Qamoqqa olingan OAV xodimlarining umumiy soni 2015 yildan 2022 yilgacha deyarli ikki baravar ko‘paygan. Joriy ko‘rsatkich o‘ttiz yillik rekordga aylandi.
2022 yilda jurnalistlarning aksariyati Eron (62), Xitoy (43), Myanma (42) va Turkiyada (40) hibsga olingan. Rossiyada 19, Belarusda 26 jurnalist qamoqda saqlanmoqda.
Tashkilot har yili 1 dekabr holatiga ko‘ra statistik ma’lumotlarni taqdim qiladi. Ammo yil davomida hibsga olingan va ozod qilingan jurnalistlarni statistikaga kiritmaydi.
CPJ prezidenti Jodi Ginsberg so‘zlariga ko‘ra, «vaziyat hamma joyda yomonlashgan».
«Hatto erkin va mustaqil matbuotga egamiz degan mamlakatlarda ham jurnalistlar qator tahdidlarga duch kelmoqda», dedi u.
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti bosh kotibi Kristof Deluar fikriga ko‘ra, «biz jurnalistika kelajagi uchun hal qiluvchi o‘n yillikda turibmiz».
Uning fikricha, Rossiya va Xitoy «yangi dunyo media tartibini yaratmoqchi» va ularning ommaviy axborot vositalariga nisbatan cheklovchi pozitsiyasi boshqa mamlakatlarga ham tarqalishi mumkin.
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 28 ta davlatda matbuot erkinligi bilan bog‘liq «juda jiddiy» vaziyat mavjud.
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
19:03 / 07.05.2026
Otabek Bakirov: “Yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda so‘z erkinligini toraytiryapti”
15:24 / 07.05.2026
Bloger Otabek Bakirovga nisbatan ma’muriy ish tugatildi
11:50 / 03.05.2026