Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Zafar Rasulov Navoiy viloyati SSB boshlig‘i lavozimidan ketdi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nurali Ne’matulloyevich Safoyev Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
1992 yilda tug‘ilgan Nurali Safoyev Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagach, mehnat faoliyatini 2018 yilda Vobkent tuman 12-son qishloq oilaviy poliklinikasida pediatr-shifokor sifatida boshlagan.
2019–2022 yillar davomida Uchquduq tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, ushbu tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi lavozimlarda mehnat qilgan.
U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Navoiy viloyati SSBga 2020 yil sentabridan buyon Zafar Rasulov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025