Navoiy viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Farhod Gafarov soğligi taqozosi sababli öz xohişiga köra vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruğiga asosan Zafar Rasulov viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. 

U şu kunga qadar Soğliqni saqlaş vazirligi davolaş-profilaktika yordamini taşkillaştiriş boş boşqarmasi birlamçi tibbiy sanitariya yordami muassasalarini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan edi.

41 yoşli Zafar Rasulov 2003 yil Toşkent davlat tibbiyot instituti(hozirgi Toşkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan. Uçquduq tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, Navoiy viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining profilaktika va davolaş işlarini taşkil etiş böyiça birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.