Jahon | 15:14 / 22.04.2023
9177
2 daqiqa o‘qiladi

London: “O‘lmas polk” bekor qilinishining xavfsizlik masalasiga aloqasi yo‘q

Rossiya hukumati 9 may kuni mamlakat shaharlari ko‘chalari bo‘ylab an’anaviy formatdagi “O‘lmas polk” aksiyasini ular ishtirokchilari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushdagi yo‘qotishlar ko‘lamiga e’tibor qaratishi mumkinligidan qo‘rqib, bekor qildi. Bu taxminni Britaniya Mudofaa vazirligi ertalabki hisobotida bildirgan.

Foto: Yuri Smityuk/TASS/dpa/picture alliance

“Bu “Vagner” guruhi egasi (asoschisi) Yevgeniy Prigojinning Ukrainada haqiqatan ham “natsistlar” bor-yo‘qligi haqida ochiq savol berganidan keyin sodir bo‘ldi, bu esa Rossiyaning urushni oqlash bo‘yicha rasmiy pozitsiyasiga zid keladi”, — deya eslatadi Britaniya razvedkasi.

Rossiya rasmiylarining o‘zi xavfsizlik nuqtayi nazaridan “O‘lmas polk” aksiyasi doirasida marshdan bosh tortayotganini aytmoqda.

Bundan oldin “O‘lmas polk” marshi tashkilotchilari uni 9 may, g‘alaba kunida Rossiya shaharlarida o‘tkazishdan bosh tortgandi. 

Harakat matbuot kotibi Olga Baybulovaning “Interfaks”ga tushuntirishicha, aksiya “an’anaviy formati”ni kengaytirish va “Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga kun bo‘yi hurmat bajo keltirishga” qaror qilingan.

“Rossiyaning o‘lmas polki” harakati markaziy shtabi hamraisi, Davlat dumasi deputati Yelena Tsunayeva RIA “Novosti”ga “turli xil formatlardan foydalanish” qarori xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilinganiga aniqlik kiritgandi.

Mavzuga oid