Harakat matbuot kotibi Olga Baybulovaning «Interfaks»ga tuşuntirişiça, aksiya «an’anaviy formati»ni kengaytiriş va «Uluğ Vatan uruşi qahramonlari xotirasiga kun böyi hurmat bajo keltirişga» qaror qilingan.
«Rossiyaning ölmas polki» harakati markaziy ştabi hamraisi, Davlat dumasi deputati Yelena Tsunayeva RIA «Novosti»ga «turli xil formatlardan foydalaniş» qarori xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilinganiga aniqlik kiritdi.
Avvalroq Rossiyada ikki viloyat 9 may kuniga belgilangan paradni bekor qilgandi.
Kurskda xavfsizlik nuqtayi nazaridan 9 may kunidagi harbiy parad bekor qilindi, deb xabar berdi Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt. U bu terrorizmga qarşi kuraşni kuçaytirişga qaror qilgan mintaqaviy ştabning pozitsiyasi bilan boğliqligini aytdi. «Uşbu qarorni inobatga olgan holda, biz 9 may kuni harbiy parad ötkazmaslikka qaror qildik», dedi Starovoyt 10 aprel kuni bölib ötgan yiğilişda.
Şuningdek, Belgorod viloyatida 9 may kungi parad bekor qilindi. Gubernator Vyaçeslav Gladkov buni «duşmanni qözğatişni» istamasligi bilan izohladi. «Belgorod markazida katta miqdorda texnika va harbiy xizmatçilar töplansa, bu duşmanni qöşimça harakatlarga qözğatişi mumkin, şuning uçun parad ötkazilmaydi», dedi u.











