Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 6 bosh bo‘g‘oz qo‘y chavaqlanib, egasiga tahdidomuz xat qoldirildi
Samarqand tumanida joylashgan Badal qishlog‘ida 21 aprelga o‘tar kechasi, ya’ni Ramazon hayiti arafasida noxush voqea sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar Toshkent – Termiz trassasi bo‘yida joylashgan bu qishloqda yashovchi chorvadorning qo‘yxonasiga bostirib kirib, 6 bosh bo‘g‘oz qo‘yni so‘ygan. Yana 3 bosh qo‘yni esa olib qochgan.
Foto: KUN.UZ
Bu ishni qilganlar qo‘ylarning egasi bo‘lmish chorvadorga tahdidomuz xat qoldirgan. Imloviy xatolarga to‘la xatda shunday deyilgan: «Senga g‘oyibdan xat. Ehson qilib tur, inshaalloh ko‘zing ochilar. Haromxo‘rligingni yig‘ishtir. Allohga qasam, o‘zing shu kunga tushasan. Tushundingmi, harom sotqin?»

Qo‘y egalarining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, qo‘ylar qassoblikdan xabari bor odam tomonidan so‘yilgan, oyoqlari ham risoladagiday uchta qilib bog‘langan. Chorvador so‘yilgan qo‘ylarning barchasi bo‘g‘oz bo‘lganini aytmoqda.

Jabrlanuvchilar bu voqeadan xabar topgach, xavotir bilan mahalla uchastka noziriga murojaat qilgan, ammo ularning so‘zlariga ko‘ra hozirgacha hech qanday chora ko‘rilmagan.
Bu borada ish ochilganmi yoki yo‘qligini aniqlashtirish maqsadida Kun.uz muxbiri Badal qishlog‘idagi voqea sodir bo‘lgan mahalla uchastkasi noziriga qo‘ng‘iroq qildi. Ammo inspektorga nima maqsadda telefon qilingani aytilgach, go‘shakni qo‘yib qo‘ydi. Qayta qilingan qo‘ng‘iroqlarga ham javob berishni istamadi.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025