Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan muloqot qildi
Ikki qo‘shni davlat rahbari O‘zbekiston prezidentini referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutladi. O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbini Birdamlik kuni bilan tabrikladi. Qirg‘iziston prezidenti bilan muloqotda iyun oyida bu mamlakatda o‘tadigan ko‘p tomonlama sammitga tayyorgarlik muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular O‘zbekiston rahbarini konstitutsiya bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan.
O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va qardosh xalqni davlat bayrami – Birdamlik kuni bilan qutlagan.
To‘qayev bilan muloqot chog‘ida ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya dasturlarini tayyorlash va bajarish masalalariga e’tibor qaratilgan; hukumatlarga shu hafta Toshkent shahrida o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida qo‘shma loyihalarni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish topshirilgan; bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov muloqotida esa O‘sh shahrida Bobur nomidagi akademik teatrning yangilangan binosi ochilgani va Qo‘qon shahrida talabalar spartakiadasi o‘tkazilgani ta’kidlab o‘tilgan. Prezidentlar ikki mamlakat oqsoqollari va yoshlari ishtirokidagi Avlodlar muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytishgan.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari, shu jumladan joriy yilning iyun oyida Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitga tayyorgarlik yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi 2023 yilda 14-16 sentabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkaziladi. O‘tgan yilgi sammit iyul oyida Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
08:29 / 15.01.2026
Qozog‘istonda alkogol savdosini cheklash taklif qilindi
15:08 / 14.01.2026
Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb e’tirof etilishi kerak - Bobur Bekmurodov
10:04 / 14.01.2026