«O‘zkimyosanoat» AJga yangi rahbar tayinlandi
2022 yildan buyon bu lavozim vakant turgan edi.
Timur Muhammadjonov «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Timur Muhammadjonov «O‘zkimyosanoat» AJning eksport va import amaliyotlarini amalga oshiruvchi «O‘zkimyoimpeks» MChJ direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2020-2022 yillarda «O‘zkimyosanoat» AJ raisi vazifasi bosh vazir o‘rinbosari, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga yuklatilgandi. U 2014-2017 yillarda bu yerda rais o‘rinbosari bo‘lib ham ishlagan.
«O‘zkimyosanoat» AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Mirzamahmudov «O‘zkimyosanoat» raisi sifatida 2022 yil sentabr oyigacha, energetika vaziri etib tayinlangan vaqtga qadar ishlagan. Shundan keyin mazkur rahbarlik lavozimi bo‘sh qolayotgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024