Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Kiyev uzra «Kinjal» raketasi yo‘q qilinganini rad etdi
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi Defense Express portalining Kiyev uzra «Kinjal» gipertovushli raketasi yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotini rad etdi.
«Ushbu raketa qo‘llanilishi ehtimoli bor edi, ammo ballistik raketalar qayd etilmadi», deb tushuntirdi Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignat «Suspіlne» nashriga.
Avvalroq Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi Kiyev osmonida boshqaruvni yo‘qotgan Bayraktar uchuvchisiz uchish apparatini (UUA) urib tushirgandi.
«4 may soat 20:00 lar atrofida Kiyev viloyatida rejalashtirilgan parvoz vaqtida Bayraktar UUA boshqaruvni yo‘qotdi. UUAning poytaxt osmonida nazoratsiz qolishi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sababli mobil o‘t ochish guruhlaridan foydalanishga qaror qilindi. Nishon yo‘q qilindi. Afsuski, bu texnika va bunday holatlar ro‘y bermoqda. Gap texnik nosozlik haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, sabablari aniqlanmoqda», — deyiladi qo‘mondonlik xabarida.
Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning Solomenskiy tumanidagi to‘rt qavatli savdo markazining birinchi qavatida vayronalarning qulashi yong‘inga sabab bo‘lgan.
Portlash to‘lqini binoning dekorativ tashqi elementlarini va 150 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydondagi oynalarni sindirdi, deb yozadi Klichko. UUA bo‘laklari qulagan joyda yong‘in tezda o‘chirildi.
Mavzuga oid
20:04
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026