Jahon | 07:57 / 09.05.2023
8467
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada yangi xavfsizlik konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

Ukrainada mutlaqo yangi xavfsizlik konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda, dedi prezident Volodimir Zelenskiy o‘zining kundalik videomurojaatida. 

Foto: president.gov.ua

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunchilik darajasidagi mazkur konsepsiya mamlakat xavfsizligini ta’minlashning barcha masalalariga har tomonlama javob beradi. 

"Chegarani qo‘riqlashdan tortib, maktablar faoliyati uchun yangi xavfsizlik sharoitlarigacha, iqtisodiyot xavfsizligining infratuzilmaviy asoslaridan tortib, xalqimizga dunyoning eng ilg‘or davlatlari ega bo‘lgan himoya turini kafolatlashning real imkoniyatigacha", dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbari 8 may kuni Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuni munosabati bilan nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "eski yovuzlik" qaytdi, Rossiya uni xuddi natsistlar kabi bir maqsadda – qullik va qirg‘inni ko‘zlagan holda qaytardi. Ammo ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi, deb ishontirdi Zelenskiy.

"Biz davlatimizga mafkuraviy ta’sirlarsiz, sof tarixni qaytaryapmiz. Aynan 8 may kuni dunyo xalqlarining aksariyati fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabaning buyukligini eslaydi. Bugun men tegishli farmonni imzoladim va har yili, ertadan boshlab, 9 may kuni tarixiy birligimizni nishonlaymiz – natsizmni yo‘q qilgan va rashizmni yengadigan barcha yevropaliklarning birligini nishonlaymiz", dedi Ukraina prezidenti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid