Qatar rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilyapti
Toshkent va Doha Qatar rahbarining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Joriy yilning 8-9 may kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov amaliy tashrif bilan Qatarda bo‘lib, ushbu mamlakatning vazirlik va idoralari hamda yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Savdo va sanoat vaziri Muhammad al-Tani bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Qatar tomoni o‘zaro hamkorlik salohiyatini yuqori baholadi va Qatar rahbarining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi ko‘p qirrali sheriklikni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki berishi hamda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi.
O‘zaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasini hamda energetika, neft-kimyo, kimyo, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, turizm, IT sohasi va boshqa sohalardagi investitsiya loyihalarini qamrab olgan Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishlab chiqishga kelishildi. Ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish, Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzolashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi. Tomonlar birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan Toshkentda ikki davlatning yirik ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etiladi.
Moliya vaziri Ali al-Kuvariy bilan suhbat chog‘ida bir qator infratuzilmaviy loyihalarni birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga kelishildi.
Markaziy bank boshqaruvchisi – Qatar investitsiya agentligi raisi Abdulla al-Tani bilan Qatar va O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Energetika vaziri – Qatar Energy kompaniyasi raisi Saad al-Kaabi bilan Nebras Power kompaniyasi bilan energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qatar Savdo-sanoat palatasi raisi Xalifa al-Tani bilan uchrashuv doirasida qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qatar National Cement, Baladna, Qatari Diar, Fitco Detergens, Katara Hospitality kompaniyalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda qurilish materiallari, maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, chorvachilik, mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar va turar joy majmualarini qurish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
19:01 / 19.11.2024
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
11:16 / 14.11.2024