Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB Uzbekistan Airports’ga maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Uzbekistan Airports AJga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida aeroport uskunalarini modernizatsiya qilish uchun 28 million yevrogacha bo‘lgan uzoq muddatli moliyalashtirishni taqdim etadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yillik forumida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlarni mustahkamladi. Forum doirasida Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva va Yevrosiyo bo‘yicha infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroshnik mandat xatlari bilan alishdilar.
«Bank mablag‘lari hisobidan yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan to‘ldirish va hojatxona bo‘limlariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, YeTTBning moliyalashtirishi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi», — dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Bundan tashqari, YeTTB va Uzbekistan Airports o‘rtasida 1 million yevrodan ortiq grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Buning bir qismi sifatida bank asosiy biznes-jarayonlarni optimallashtirish va shu orqali Uzbekistan Airports va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Qayd etilishicha, bu O‘zbekistonda moliyalashtirish mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatisiz amalga oshiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi namunasi bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026
O‘zbekiston qatorasiga oltinchi yil YeTTB eng ko‘p moliyalashtirgan davlat bo‘ldi
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
09:58 / 21.01.2026