Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 88 mln dollarlik «Yashil vodorod» loyihasi amalga oshiriladi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 88 million dollarlik «Yashil vodorod» loyihasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya kelishuvi imzolandi.
Kelishuv imzolanganidan so‘ng kompaniya rahbari Marko Archelli «Dunyo»ga bergan intervyusida O‘zbekistonda ishbilarmonlik hamda investitsiya muhiti uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ijobiy baholadi:
– Amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat O‘zbekiston biznes yuritish uchun ajoyib joy ekanligini butun dunyoga ko‘rsatmoqda. O‘ylaymanki, bundan olti-yetti yil avval bugun O‘zbekiston kun tartibining markazida bo‘lishini hech kim tasavvur qilmagan bo‘lardi. Investorlar bilan olib borilayotgan muloqot xorij kapitalini jalb qilish uchun qanday qulay sharoit yaratayotganini kuzatishimiz mumkin. Tegishli zarur qarorlar qabul qilinishi ham muhimdir.
Kelajakdagi rejalar haqida shuni aytmoqchimanki, biz ko‘proq sarmoya kiritamiz va iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratamiz. Shuningdek, kollejni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda yangi imkoniyatlar ochish va texnik sohani rivojlantirishga qaratilgan boshqa qiziqarli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sammitda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Renaud-Basso, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis, YeTTB boshqaruvchilar kengashi raisi Magnus Brunner, 2,5 mingdan ortiq xorijiy hukumat rahbarlari va yetakchi transmilliy korporatsiyalar va sanoat xoldinglari, xalqaro moliya institutlari va banklari vakillari, shuningdek, 70 dan ortiq davlatdan iqtisodiyot, sarmoya, moliya va innovatsiyalar sohasidagi ekspert va tahlilchilar, fuqarolik jamiyati faollari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Mavzuga oid
22:34 / 03.05.2026
Prezident ACWA Power kompaniyasi rahbari bilan “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishini boshlash masalasini muhokama qildi
23:35 / 05.12.2025
"Yangi O‘zbekistonning energiya manbai bu - Siz, hurmatli Prezident" - ACWA Power kompaniyasi raisi
16:24 / 05.12.2025
Saida Mirziyoyeva "ACWA Power" kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
14:43 / 06.11.2025