O‘zbekiston | 18:50 / 30.05.2023
11344
1 daqiqa o‘qiladi

Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Batik Air aviakompaniyasi oktabr oyidan boshlab Kuala-Lumpur (Malayziya) va Toshkentni aviaqatnovlar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023 yil oktabr oyidan boshlab, Kuala-Lumpur (Malayziya) va Toshkentni aviaqatnovlar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar haftasiga uch martagacha Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu haqda aviakompaniya vakillari O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Samarqand aeroporti boshqaruv kompaniyasi ko‘magida, Uzbekistan Airports bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilishdi.

Batik Air — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo‘lib, Indoneziyada muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi. Kompaniya Lion Air loukoster aviakompaniyasining shu’ba korxonasi hisoblanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid