Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Kaxovka GES portlashida jabrlanganlarga yordam jo‘natadi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti allaqachon toshqindan jabr ko‘rgan hududlar aholisiga yordam ko‘rsatmoqda. Ularga ichimlik suvi, suvni tozalash tabletkalari va boshqa yordamlar beriladi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Kaxovka GES portlashini Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining yana bir halokatli oqibati deb atadi.
«Ukrainaning Xerson viloyatida ro‘y bergan ulkan gumanitar, iqtisodiy va ekologik halokat munosabati bilan bugun paydo bo‘lgan fojiali kadrlarni hammamiz ko‘rdik... Bugungi fojia urushning odamlar uchun naqadar dahshatli ekaniga yana bir misoldir. Azob-uqubat kosalari bir yildan ko‘proq vaqt davomida to‘lib-toshgan», dedi Guterrish.
BMT Bosh kotibiga ko‘ra, tinch aholiga va muhim infratuzilmaga hujumlar to‘xtatilishi kerak.
«Birinchi navbatda, men BMT Nizomi, xalqaro huquq va Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga muvofiq adolatli dunyo qurishga chaqiraman», dedi u.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti allaqachon toshqindan jabr ko‘rgan hududlar aholisiga yordam ko‘rsatmoqda. Ularga ichimlik suvi, suvni tozalash tabletkalari va boshqa yordamlar beriladi.