Jahon | 09:01 / 06.06.2023
6750
2 daqiqa o‘qiladi

Kuleba: Ukrainada qarshi hujum uchun yetarlicha qurol bor

Ukrainada qarshi hujum boshlash uchun yetarli qurol bor, dedi tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Reuters agentligiga bergan intervyusida. 

Foto: Laura Celmiņa

U qarshi hujum boshlanganmi, degan savolga javob bermadi va eng muhimi uning qachon boshlanishi emas, balki Ukrainaning g‘alabasi bilan yakunlanishi ekanini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina g‘alabasi Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishiga imkon yaratib beradi. 

"NATOga a’zo bo‘lish bu urushni to‘xtata olmaydi, lekin NATOga a’zolik keyingi urushlarni to‘xtatadi. Shuning uchun mintaqada xavfsizlikni ta’minlashning eng yaxshi yo‘li - Ukraina NATOga a’zo bo‘ladigan nuqtaga kelishdir", - dedi ukrainalik vazir.

4 iyun kuni ertalab Ukraina Janubiy Donetsk yo‘nalishida besh sektorda keng ko‘lamli hujumni boshladi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi 5 iyunga o‘tar kechasi. 

Ta’kidlanishicha, oldinga yo‘naltirilgan nazorat punktlaridan biri boshqaruvida Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov bo‘lgan. 

Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi o‘z maqsadlariga erisha olmaganini ma’lum qildi.

Rossiya harbiy idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari strategik zaxiradagi 23- va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalarni jangga kiritgan, ularga boshqa harbiy qismlar va bo‘linmalar yordam bergan. 

Hujumga oltita mexanizatsiyalashgan va ikkita tank batalonlari jalb qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid