Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda MDH moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari majlisi o‘tkazildi
MDHga a’zo davlatlar moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashining 23-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Joriy yilning 7 iyun kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevrosiyo guruhi 38-yalpi majlisi haftaligi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishida Bosh prokuratura huzuridagi Departament rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi, YeOG kotibiyati va Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro o‘quv-metodik markazining mas’ul xodimlari qatnashgan ushbu tadbirda kengash tomonidan muqaddam qabul qilingan qarorlar ijrosi va ishchi guruhlarining faoliyati natijalari muhokama qilindi hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishdagi ilg‘or tajribalar almashildi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Yevrosiyo guruhi yalpi majlisidagi ishtiroki davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
09:08 / 23.12.2025
O‘zbekiston kapital bozorida zamonaviy moliyaviy instrumentlar joriy etiladi
17:48 / 22.12.2025