Jahon | 12:13 / 13.06.2023
8505
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston davlat vaziri: Rossiya neftiga to‘lov yuanda amalga oshirildi

Musadiq Malikning aytishicha, Karachiga yetkazib berilgan Rossiya neftiga Xitoy valutasida to‘langan, deb xabar yozmoqda Reuters.

Foto: Reuters

Pokiston joriy yil boshida Islomobod va Moskva o‘rtasida imzolangan kelishuv doirasida 11 iyun kuni Karachiga yetkazib berilgan arzonlashtirilgan Rossiya neftiga AQSh dollarida emas, balki Xitoy valutasida to‘lagan. Bu haqda Pokiston davlat neft vaziri Musadiq Malik Reuters agentligi bilan telefon suhbatida ma’lum qildi.

“To‘lov yuanda amalga oshirildi”, dedi u tijorat tafsilotlarini, jumladan narx yoki olingan chegirma hajmini oshkor qilmasdan.

Bu Rossiya Federatsiyasi bilan hukumatning birinchi neft kelishuvidir, deb yozadi Reuters. Aprel oyida xaridlar hajmi 100 ming tonnani tashkil etdi, shundan 45 ming tonnasi Karachi portiga yetkazildi, qolgan qismi tashish jarayonida. Pokiston Urals eksport neft aralashmasining Rossiya markasini oldi, dedi vazir.

Pokiston iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda va tashqi qarzi bo‘yicha jiddiy to‘lov balansi muammosiga duch kelmoqda, deya qayd etadi Reuters. Unga ko‘ra, Markaziy bankdagi valuta zaxiralari nazorat ostidagi importning oylik hajmini qoplashga yetadi. Moliya yetishmasligi fonida chegirmali bitim Islomobodda rasmiylar foydasiga ishlaydi, deb yozadi agentlik. Bundan tashqari, Pokiston hukumati dollardagi hisob-kitoblarni chetlab o‘tib, Rossiya, Afg‘oniston va Eron bilan barter savdoni maqsad qilgan, deydi jurnalistlar.

Mavzuga oid