Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya harbiylari dengizdan KXDR raketa tashuvchisi parchalarini topdi
Janubiy Koreya harbiylari 31 may kuni KXDR tomonidan uchirilgan raketa tashuvchining cho‘kib ketgan qismini Sariq dengizdan chiqarib oldi, deb xabar berdi «Yonhap» axborot agentligi.
Foto: Reuters
Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasida ma’lum qilinishicha, suvdan 15 iyun kuni kechqurun harbiy josuslik sun’iy yo‘ldoshini olib uchgan raketaning ikkinchi bosqichi olib chiqilgan.
Qayd etilishicha, raketa tashuvchi parchalarini olib chiqish bo‘yicha operatsiya uzoq davom etgan, chunki u bir qator muammolar, jumladan, noqulay suvosti sharoitlari bilan bog‘liq edi.
Topilgan raketa tashuvchi qoldiqlari Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining Pxyontekdagi ikkinchi flotiga yetkaziladi.
Harbiylar raketaning boshqa qismlarini, jumladan, uchinchi bosqich va ehtimoliy sun’iy yo‘ldoshni qidirishni davom ettirmoqda.
Janubiy Koreya va AQSh hodisa yuzasidan birgalikda tergov o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026
O‘zbekistonga koreyaliklar oqimi ko‘paydi: 46 ming tashrif
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
19:33 / 28.01.2026