O‘zbekiston | 12:26 / 20.06.2023
10505
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish kunning ikkinchi yarmidan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Kvotaning tillar kesimidagi taqsimoti va maqsadli qabul parametrlari ham yaqin orada aniq bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

2023-2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali bugun, 20 iyunda kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

“Ayni vaqtda 2023-2024 o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, qabul 20 iyulgacha davom etadi.

Avvalroq My.gov.uz orqali abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlangani xabar qilingandi. Biroq Bilim va malakalarni baholash agentligiga ko‘ra, xabarda xatolik bo‘lgan.

Abituriyent hujjat topshirish uchun 165 ming so‘m miqdorda to‘lov qilishi ham kerak.

To‘lov qilmaydigan abituriyentlar:

  • o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  •  mehribonlik uylari bolalari;
  • bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

 

Mavzuga oid