Bilim va malakalarni baholaş agentligi xodimlari “Abituriyent” körsatuvida kiriş imtihonlariga oid savollarga javob berdi.
“Abituriyentlar test sinovida iştirok etiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi miqdorida tölov qilişadi. May oyidan BHM miqdori 330 ming söm etib belgilangan va abituriyentlar buning yarmini – 165 ming söm miqdorida tölov qiladi”, deb ma’lumot berdi agentlik xodimi Jamşidbek Odilov.
Qayd etilişiça, hamma abituriyentlar ham testda qatnaşiş uçun tölov qilmaydi. Xususan:
- öqişni test ötkazilayotgan yili tugatgan bitiruvçilar;
- nogironligi bölgan şaxslar;
- mehribonlik uylari bolalari;
- bolalar şaharçasining bitiruvçilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoşlar daftari”da röyxatda turuvçi yoşlar kiriş imtihonlarida qatnaşiş uçun tölov qilmaydi.
Eslatib ötamiz, abituriyentlarni röyxatga oliş 20 iyundan 20 iyulga qadar (şu kuni ham) amalga oşiriladi. Çet tilidan ijodiy imtihon ötkaziladigan yönalişlar uçun qabul 10 iyulda yakunlanadi.













