O‘zbekiston | 17:00 / 21.06.2023
13210
3 daqiqa o‘qiladi

VoLTE texnologiyasi O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi

Mobiuz mobil operatori VoLTE xizmatini ko‘rsata boshlagan ilk operatorga aylandi.

Foto: Mobiuz

VoLTE («Voice over LTE» dan qisqartma) – bu 4G LTE tarmoqlarida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiya hisoblanadi.

Ko‘p yillar davomida to‘rtinchi avlod tarmoqlariga faqat yuqori tezlikdagi internet taqdim etuvchi vosita sifatida qarab kelingan. 4Gdan foydalanayotgan paytda qo‘ng‘iroq bo‘lib qolsa, tarmoq avtomatik ravishda faqat 3G/2G ga o‘tib qolgan. VoLTE bunday noqulaylikni bartaraf etishga yordam beradi. U qo‘ngiroqlarga ma’lumotlar to‘plami sifatida ishlov beradi va internet-kanallari orqali bog‘lanishga imkon yaratadi.

VoLTEʼning bir qator ustunliklari bor:

- Qo‘ng‘iroq qilinayotgan abonent bilan bir zumda bog‘lanish. Raqam terib, atigi bir necha soniya ichida har qanday abonent bilan tezkor ravishda ulanish mumkin (unda VoLTE bo‘lmagan taqdirda ham).

- Telefon suhbati paytida o‘ta tiniq ovoz. Bir-biri bilan gaplashayotgan abonentlar o‘zlarini xuddi hayotda yonma-yon turib suhbat qurayotgandek his qilishadi (ikkala abonentda ham VoLTE ishlashi kerak).

- Qo‘ng‘iroq paytida mobil internetdan foydalanish imkoniyati. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, telefonda gaplashayotganda Telegram orqali javob yozish, elektron pochtani tekshirish, onlayn o‘yinni davom ettirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bularning barchasi VoLTE yordamida ishlaydi.

“Mobiuz zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy etishga katta e’tibor qaratmoqda. VoLTEʼni ishga tushirish – abonentlarimiz uchun qulayliklar yaratish yo‘lida katta qadam bo‘ldi. Biz bu orqali tijoriy maqsadlarni qo‘zlaganimiz yo‘q, xizmatga ulanish va undan foydalanish bepul. Maqsadimiz Mobiuz xizmatlari barcha uchun va har bir abonent uchun qulay bo‘lishida. VoLTE cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi”, - deya izoh berdi Mobiuz Bosh direktorining marketing va sotuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Birinchi bosqichda VoLTE xizmatidan Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan va raqamlari ushbu shaharlardan ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar foydalanishi mumkin. Xizmat Mobiuz mobil ilovasida faollashtiriladi. Qolgan hududlarga VoLTE bosqichma-bosqich kiritilib boradi.

Mobiuz barchani VoLTE imkoniyatlarini sinab ko‘rishga, “Xotirjam” tarif rejalari bilan cheksiz ijtimoiy tarmoqlar va qo‘ng‘iroqlardan bahramand bo‘lishga taklif qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va savollar bilan 0890, (+998) 97 1300909 raqamlariga, Telegram’dagi Mobiuz chat-botiga yoki Instagram Direct’ga murojaat qilishingiz mumkin. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid