Jahon | 12:00 / 28.06.2023
13510
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: Belarus qo‘shinlari to‘liq jangovar shay holatga keltirildi

Prigojin isyoni paytida Belarus armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi, dedi Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko.

Foto: BelTA

«Vagner» XHK va uning rahbari Yevgeniy Prigojinning isyoni fonida Belarusning barcha qurolli kuchlari to‘liq jangovar shay holatga keltirildi. Bu haqda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 27 iyun, seshanba kuni respublika zobitlariga unvonlarni topshirish marosimida ma’lum qildi.

«Rossiyadagi voqealar sodir bo‘lganda, men armiyani to‘liq jangovar shay holatga keltirish bo‘yicha barcha buyruqlarni berdim. Kunning ikkinchi yarmida armiya, barcha qurolli kuchlar, jumladan politsiya, maxsus bo‘linmalar to‘liq jangovar shay bo‘ldi», - deya Lukashenkoning so‘zlarini keltirgan BelTA davlat axborot agentligi. 

Shu bilan birga, Belarus rahbarining aytishicha, mamlakatni tark etgan muxolifatchilar go‘yoki «qurolli isyonning boshqa ssenariysini (Belarusda) amalga oshirishga» tayyor ekanliklari haqida xabarlar chop etgan. Biroq, Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil mart oyida belaruslik ko‘ngillilardan tuzilgan Kalinovskiy polkining vakillari «chegara otryadlari» tomonidan Belarusga kiritilmagan. 

«Vagner» XHK isyoni atrofidagi voqealarda Belarusning roli va bu masala bo‘yicha Minskning pozitsiyasi mavzusida «ayniqsa, Rossiya ommaviy axborot vositalarida» juda ko‘p «tushunarsizlik» bor edi, dedi Lukashenko. 

Mavzuga oid