O‘zbekiston | 08:35 / 05.07.2023
2911
2 daqiqa o‘qiladi

MSK tomonidan 785 nafar xorijiy kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Markaziy saylov komissiyasining (MSK) muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

MSK ma’lumotiga ko‘ra, majlisda O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida komissiyaga kelib tushgan murojaatlar, prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda OAV vakillarini akkreditatsiya qilishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ko‘rilgan choralar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Majlisda Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan YeXHT DIIHB, Butun jahon saylov organlari assotsiatsiyasi, MDH, Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armasi kabi tashkilotlar hamda bir qator xorijiy davlatlardan jami 401 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalliy ommaviy axborot vositalari 42 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi va bu haqda qaror qabul qilindi.

Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlardan va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar umumiy soni 785 nafarni, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari umumiy soni 1299 nafarni tashkil etmoqda.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid