Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster tashkil etiladi
«Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorako‘l IT-klasteri tashkil etiladi.
Klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi:
- zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
- masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
- ilmiy-tadqiqot markazlari, o‘quv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi.
Buning uchun:
1-bosqichda 2023 yil 31 dekabrgacha ma’muriy bino, o‘quv laboratoriyasi va 5 600 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binolari quriladi;
2-bosqichda 2024 yil 1 sentabrgacha 1 300 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi, 15 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, 100 o‘ringa mo‘ljallangan inkubatsiya markazi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
14:26 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi - yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
11:51 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: Hududlardagi muammolar prezident nazoratida
10:01 / 12.05.2026