Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti Litvadagi NATO sammiti oldidan Londonga keldi
Jo Bayden Britaniya qiroli Charlz III va bosh vazir Rishi Sunak bilan uchrashgandan so‘ng, Vilnyusdagi NATO sammitida ishtirok etadi, so‘ng Helsinkidagi Shimoliy Yevropa va AQSh yetakchilarining uchrashuviga boradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 9 iyul, yakshanba kuni kechqurun Londonga keldi va u yerda 10 iyul kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va qirol Charlz III bilan uchrashadi. Baydenning samolyoti Stansted aeroportiga yetib kelganini Oq uy tasdiqladi.
AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlarining uchrashuvida 11 va 12 iyul kunlari Litvada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti, shuningdek, Ukrainadagi urush muhokama qilinishi kutilmoqda, dedi Britaniya hukumati rahbari matbuot kotibi. Siyosatchilarning bu uchrashuvi so‘ngi bir necha oy ichida beshinchisi bo‘ladi.
Baydenning Buyuk Britaniyaga tashrifi «mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin munosabatlarni yanada mustahkamlashga» hissa qo‘shadi, deya bildirdi Oq uy. «Jismoniy va iqtisodiy xavfsizligimiz uchun yangi va misli ko‘rilmagan muammolarga duch kelganimiz tufayli, ittifoqlarimiz har qachongidan ham muhimroqdir», deya ma’lum qildi Sunak idorasi.
Bundan tashqari, Bayden 10 iyul kuni Vindzor qasriga tashrif buyuradi va u yerda Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan u taxtga o‘tirganidan beri ilk bor uchrashadi. Ikki davlat yetakchilari bir-birini oxirgi marta qirolicha Yelizaveta II dafn marosimida ko‘rishgan.
AQSh prezidenti Charlz III’ning toj kiyish marosimida qatnashmadi - delegatsiyaga AQShning birinchi xonimi Jill Bayden boshchilik qildi. Oq uy rahbarining yo‘qligi OAV tomonidan an’analarga o‘ziga xos hurmat sifatida tushuntirildi – Amerika prezidentlari AQSh mustaqilligi e’lon qilinganidan beri Britaniya monarxlarining toj kiyish marosimida qatnashmagan. Biroq Bayden Charlz III va uning rafiqasi Kamillani maktubda tabriklagan.
Bundan tashqari, Amerika rahbari Charlz III bilan Glazgodagi COP26 iqlim sammiti doirasida uchrashdi - o‘shanda Britaniya qiroli hali shahzoda unvonida bo‘lan. Iqlim muammolari Vindzorda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning markaziy mavzularidan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026