Jahon | 22:27 / 17.07.2023
14723
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumni terrorchilik harakati deb atadi 

U ko‘prikda xavfsizlik choralarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni kutayotganini aytdi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi portlashni terakt deb atadi. 

«Bugun tunda ko‘prikda yana bir terrorchilik harakati sodir etildi. Tinch aholi halok bo‘ldi. Bir bola yaralanib, ota-onasiz qoldi: oila Belgorod viloyatidan Qrimga ketayotgan edi», dedi u. 

Prezident bu ko‘prikdagi ikkinchi terakt ekanini eslatib, xavfsizlik choralarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni kutayotganini aytdi. 

«FXX, Tergov qo‘mitasi, boshqa bir qator boshqarmalarga voqeani batafsil o‘rganish bo‘yicha topshiriq berildi. Men barcha holatlar aniqlanishiga shubha qilmayman. Bu strategik ahamiyatga ega transport inshootida xavfsizlik choralarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kutyapman», dedi u. 

Putin mutasaddilarga ko‘prikga yetkazilgan zararni aniqlab, tezkorlik bilan ta’mirlash ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. 

17 iyulga o‘tar kechasi ikkita dron Qrim ko‘prigiga zarba berib, uning avtomobil yo‘li qismiga zarar yetkazgan edi. Oqibatda, er-xotin halok bo‘ldi, qizi yaralandi. Ko‘prikda transport harakati to‘xtatildi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid