Jahon | 22:36 / 22.07.2023
25199
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh stratosferaga noyob harbiy dronni uchirdi

U yerdan 20 km balandlikka ko‘tarildi va 24 soat davomida shu holatda qoldi.

Foto: BAE Systems

Qo‘shma Shtatlar Britaniyada ishlab chiqarilgan Phasa35 dronini stratosferaga uchirdi. U quyosh panellaridan quvvat oladi va samoda bir yilgacha qolishi mumkin.

Bild nashrining yozishicha, dron Nyu-Meksiko shtatidan uchirilgan. U yerdan 20 km balandlikka ko‘tarilgan va 24 soat davomida shu holatda qolgan.

Ushbu balandlikda Phasa35 havo mudofaa tizimlari, radar va elektron urush vositalariga qarshi himoyaga ega.

Nashrning qayd etishicha, ushbu ayg‘oqchi dron Rossiya-Ukraina urushida muhim rol o‘ynashi mumkin.

Yangi dron uzoq muddatli kuzatuv, razvedka, xavfsizlik, aloqa va chegaralarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Phasa35 Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi mahsulotidir. Uning qanotlari kengligi 35 m bo‘lib, 15 kg foydali yukni ko‘tarishga qodir.

Mavzuga oid